Nasiya savdosi avtopilotda
Arizalar, mijozlarni tekshirish, toʻlov jadvallari va undiruv bitta tizimda. Bitta doʻkonda ham, katta tarmoqda ham sotuv oshadi, muddati oʻtgan qarzlar kamayadi.
SuhbatlashaylikBirorta ham shartnoma eʼtibordan chetda qolmaydi
- ArizaHamma joydan kelgan arizalar bitta roʻyxatda, har biri darhol sotuvchiga biriktiriladi.
- TekshiruvMijozning kredit tarixi va hujjatlari shartnoma imzolanmasdan oldin tekshiriladi.
- ShartnomaShartnoma va toʻlov jadvali avtomatik tuziladi.
- ToʻlovlarMijoz toʻlov kunidan oldin eslatma oladi, kelib tushgan pul tizimda darhol koʻrinadi.
- UndiruvToʻlov kechiksa, birinchi kuniyoq bilasiz, keyingi qadamlar esa oldindan belgilangan.
- HisobotlarPulingiz qayerdaligini koʻrib turasiz: har bir filialda qancha nasiyaga berilgan, qanchasi qaytgan, qanchasining muddati oʻtgan.
Bitta doʻkondan tortib filiallar tarmogʻigacha
Nasiya savdosini oʻz tajribamizdan bilamiz
- Mahsulot
- Nasiya.PRO
- Kompaniya
- «PROSOFT GROUP» MChJ
- Tajriba
- 10+ yil nasiya savdosida
- Dasturlash
- 15+ yildan beri AQSH, Buyuk Britaniya, Yevropa va Oʻzbekiston uchun tizimlar yaratamiz
- Oʻqitish
- Bu ishning barcha sirlarini oʻrgatamiz: birinchi arizadan to qarz toʻliq qaytgunicha
- Platformalar
- Veb, iOS va Android
- Shahar
- Toshkent
Ishni toʻxtatmasdan yangi tizimga oʻtasiz
Baza koʻchiriladiExcel, daftar yoki boshqa tizimdagi mijozlar, shartnomalar va toʻlov jadvallari.
Ish toʻxtamaydiKoʻchirish davomida ham arizalar va toʻlovlar odatdagidek qabul qilinaveradi.
Jamoani oʻqitamizHar bir xodimga tizimdagi oʻz vazifalarini koʻrsatib beramiz.
Koʻp soʻraladigan savollar
Endigina boshlayapman. Menga mos keladimi?
Ha. Hammasini boshidan oʻrgatamiz, shartnoma shablonlari va ish tartibini biznesingizga moslab sozlab beramiz.
Bitta doʻkonim bor, xolos. Menga murakkablik qilmaydimi?
Yoʻq. Hozir keragidan boshlaysiz, qolganini biznesingiz oʻsgani sari qoʻshasiz.
Narxi qancha?
Narxi filiallar soni va kerakli modullarga bogʻliq. Telefonda hisoblab beramiz.
Eski bazamni qanday koʻchiraman?
Mijozlar, shartnomalar va toʻlov jadvallari Excel yoki boshqa tizimdan koʻchiriladi. Koʻchirishda yordam beramiz.
Maʼlumotlarim xavfsizmi?
Maʼlumotlar himoyalangan serverlarda saqlanadi. Biz ularni uchinchi shaxslarga bermaymiz va sotmaymiz. Ularni faqat siz va siz ruxsat bergan xodimlar koʻradi.
Qoʻllab-quvvatlash bormi?
Ha, barcha mijozlar uchun. Yirik kompaniyalarga esa alohida mutaxassis biriktiramiz.